Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Kapital harakati operatsiyalari bo‘yicha tartiblar soddalashtirilmoqda

Yangilangan sana: 15 Iyun 2026, 17:08
15 Iyun 2026
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur o‘zgarishlar kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish jarayonini soddalashtirish, raqamlashtirish va rezidentlar uchun chet elga investitsiya kiritish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan.

Xususan, amaldagi jurnal shaklida hisob yuritish amaliyotidan voz kechilib, kapital harakati operatsiyalarining hisobi raqamlashtirilgan holda “Valyuta operatsiyalarini hisobini yuritish” axborot tizimida yuritiladi.

Natijada kapital harakati operatsiyalarini amalga oshirishda rezidentlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratiladi. Endilikda bunday operatsiyalar faqat asosiy hisobvaraq ochilgan bank orqali emas, balki belgilangan tartibda istalgan xizmat ko‘rsatuvchi bank orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.

Yangi tartibga ko‘ra, ayrim holatlarda chet elga investitsiya kiritish uchun oldindan alohida ruxsat olish talab etilmaydi.

Jumladan, bir kalendar yili davomida:

- ustav kapitalida davlat ulushi mavjud korxonalar va ularning shu‘ba tashkilotlari 100 ming AQSH dollarigacha, davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonalar esa 200 ming AQSH dollarigacha chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari;

- ustav kapitalida davlat ulushi mavjud korxonalar va ularning shu‘ba tashkilotlari 50 ming AQSH dollarigacha, davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonalar esa 100 ming AQSH dollarigacha chet eldagi filial va vakolatxonalarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlashi;

- jismoniy shaxslar 10 ming AQSH dollarigacha chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, kapital harakati operatsiyasi shartlariga kiritilgan har qanday o‘zgartirishlar qo‘shimcha kelishuv bilan rasmiylashtirilib, 10 kun muddatda bankka taqdim etilishi lozim.

Chet eldagi investitsiya faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar rezidentlar tomonidan har chorakda xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Banklar esa ushbu ma’lumotlarni umumlashtirgan holda Markaziy bankka yuboradi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF–254-son Farmoniga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan xorijdagi brokerlik yoki investitsiya hisobvaraqlarini to‘ldirish faqat litsenziyaga ega investitsiya vositachilari orqali amalga oshiriladi.

Mazkur o‘zgarishlar kapital harakati operatsiyalari bo‘yicha hisob yuritish jarayonlarini yanada shaffof, tezkor va raqamli shaklga o‘tkazish, shuningdek, rezidentlar uchun amaliy qulayliklarni oshirishga xizmat qiladi.

 



USD = 11979.83
-1.98
EUR = 13904.99
+25.26
RUB = 164.99
-0.14
GBP = 16085.32
+4.53
JPY = 74.82
-0.04
CHF = 15103.16
+41.17
CNY = 1772.92
+0.83
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X