Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Janubiy Koreya moliyaviy holding kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʼtkazildi

Yangilangan sana:  9 Iyun 2022, 17:19
8 Iyun 2022
Markaziy bankda Janubiy Koreyaning “BNK Financial Group Inc.” kompaniyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Muloqot davomida tomonlar xorijiy sarmoyadorlarning Oʼzbekiston bank va mikromoliya bozorlariga kirish shartlarini muhokama qildilar.

Delegatsiya rahbari xolding Oʼzbekistonning investitsion salohiyati va xorijiy investorlar uchun taqdim etilayotgan preferentsiyalar bilan tanishganini taʼkidladi. Xususan, soʼnggi yillarda Oʼzbekistonda roʼy berayotgan oʼzgarishlar, shu jumladan, makroiqtisodiy vaziyat, bank va nobank sektorlarda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda investitsiya muhitini yanada yaxshilash borasidagi ishlar ijobiy natijalar berayotgani qayd etildi.

Oʼz navbatida, Markaziy bank vakillari mehmonlarga regulyatorning xorijiy investorlarga qoʼyiladigan talablari toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berdi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar moliyaviy xoldingning mamlakatimiz bank va mikromoliya bozorlaridagi ishtirokiga qiziqish bildirdilar.

Maʼlumot uchun: "BNK Financial Group Inc." 2011 yil 15 martda Koreyada birinchi moliyaviy xolding kompaniyasi sifatida tashkil etilgan. Xolding moliya bozorining turli yoʼnalishlarida, jumladan, mikrokreditlar, bank xizmatlari, investitsiya savdolari, brokerlik operatsiyalari, moliyalashtirish, lizing kabi kreditlarni taqdim etish boʼyicha faoliyatni amalga oshiradi.

USD = 11275.10
+17.97
EUR = 11906.51
+51.63
RUB = 181.37
-0.74
GBP = 13851.46
+33.33
JPY = 83.38
-0.63
CHF = 12069.26
+30.84
CNY = 1621.94
+18.98
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X