Markaziy bankda toʼlov tizimi operatorlari, kredit va toʼlov tashkilotlari faoliyatida kiberxavfsizlikni takomillashtirish masalalariga bagʼishlangan yigʼilish oʼtkazildi.
Unda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi apparati masʼul xodimi, Markaziy bank rahbariyati va tegishli departamenti mutaxassislari, hududiy bosh boshqarmalar mutasaddi xodimlari, banklar, toʼlov tizimi operatorlari va toʼlov tashkilotlari rahbarlari hamda axborot va kiberxavfsizlik boʼyicha masʼullari ishtirok etishdi.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 iyuldagi “Toʼlov tizimi operatorlari, kredit va toʼlov tashkilotlari faoliyatida kiberxavfsizlikni takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ–5170-sonli qarorida belgilangan vazifalar, uning mazmun-mohiyati hamda ushbu qaror ijrosi yuzasidan batafsil tushuntirishlar, koʼrsatmalar va zaruriy maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, mazkur qaror ijrosini oʼz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun zarur boʼlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Kiberxavfsizlikni takomillashtirish masalalariga bagʼishlangan tadbir oʼtkazildi
Yangilangan sana: 9 Iyun 2022, 19:42