Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ipoteka krediti yuzasidan fuqarolar murojaati joyiga borib oʼrganildi

Yangilangan sana:  10 Iyun 2022, 17:43
10 Iyun 2022
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Ibrat” MFYda istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar nomidan koʼp qavatli arzon uy-joylar uchun ajratilgan ipoteka krediti boʼyicha tijorat banki tomonidan shartnoma shartlariga amal qilinmayotganligi yuzasidan Markaziy bankka murojaat kelib tushdi.

Murojaatni joyiga chiqib oʼrganish maqsadida Markaziy bankning Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati hamda tijorat banki masʼullari murojaatchilar istiqomat qilayotgan mahallaga borib, ular bilan suhbatlashishdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning kredit shartnomasi shartlari yuzasidan bildirilgan fikr va eʼtirozlari tinglandi. Dastlabki oʼrganishda fuqarolarda kredit shartnomalarining nusxasi yoʼqligi, kreditga foiz hisoblash tartibidan hamda kredit shartnomasi boʼyicha huquq va majburiyatlaridan toʼliq xabardor emasliklari maʼlum boʼldi. Ularga bu xususida batafsil huquqiy maslahatlar berildi. Mazkur murojaatning qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.

USD = 12662.01
+21.8
EUR = 13593.93
+34.78
RUB = 137.65
+0.63
GBP = 15849.04
+31.08
JPY = 80.81
-0.41
CHF = 13885.31
+34.54
CNY = 1747.30
+3.17
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X