Matbuot xizmati
Yangilangan sana: 17 Fev 2025, 12:01
OAV vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat etish tartibiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5296-sonli farmoni bilan Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilib, Matbuot xizmatining funksiyalari Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamentiga yuklatilgan.
Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining dolzarb jihatlarini yoritib boradi.
Departament shaffoflik va ochiqlik mezonlariga amal qilgan holda barcha ommaviy axborot vositalariga “Xizmatda foydalanish uchun” va “Maxfiy” grifi bo‘lgan ma’lumotlardan tashqari, so‘ralgan barcha axborotlarni taqdim etib boradi.
Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti va rasmiy veb-saytga axborotlarni joylashtirish uchun mas’ul : Nazarov Akmal Narimanovich
Telefon: (+998 71) 212-73-30
Elektron manzil: info@cbu.uz
OAV vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat etish tartibi
- Yozma ravishdagi so‘rovlarni quyidagi manzilga yuboring: 100001, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 6-uy. So‘rovlar mas’ul rahbar, bosh muharrir imzosi bilan rasmiy blankda bo‘lishi lozim.
- Elektron murojaatlar uchun press@cbu.uz
- Og‘zaki murojaatlar bilan (+998 71) 212-60-52 telefon orqali bog‘lanishingiz mumkin.
- materialning asosiy mavzusi;
- savollar ro‘yxati;
- materialni e’lon qilish yoki efirga uzatish sanasi;
- tahririyat va muxbir haqida ma’lumot (xizmat va qo‘l telefonlari, elektron manzil).
Javoblar O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida” va "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi qonunlariga muvofiq ravishda taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Matbuot xizmatining Nizomi
OAVlar Markaziy bankda akkreditatsiya o‘tish tartibi to‘g‘risida ma’lumot
Ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish uchun tahririyat o‘zining rasmiy blankasida bosh muharririning imzosi qo‘yilgan, muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etadi.
Tahririyatning buyurtmanomasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- ommaviy axborot vositasining nomi va turi;
- ixtisoslashuvi;
- tarqalish hududi;
- elektron pochta manzili;
- tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
- akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;
- kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan apparatlar.
Buyurtmanomaga batafsil ma’lumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oid ma’lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosurat ilova qilinadi. Muxbirni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi buyurtmanoma akkreditatsiya Markaziy bank tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab bir oy mobaynida ko‘rib chiqiladi.