Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank boshqaruvi 2024-yil 13-iyundagi yigʻilishida xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha majburiy zaxiralash meʼyorini 14 foizgacha pasaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi

Yangilangan sana: 13 Iyun 2024, 14:58
13 Iyun 2024

Banklarning likvidlik holatidan kelib chiqib, bank kreditlari boʻyicha foiz stavkalarini pasaytirishga sharoitlar yaratish maqsadida xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha majburiy zaxiralash meʼyori 4 foiz bandga pasaytirilib 14 foiz darajasida belgilandi.

2021-yilda depozitlar dollarlashuvini pasaytirish uchun xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha majburiy zaxiralash meʼyori 18 foizgacha oshirilgan edi. Natijada, depozitlar dollarlashuvi 2021-yil boshidagi 40 foizdan 2024-yil 1-iyun holatiga 30 foizgacha va kreditlar dollarlashuvi 47 foizdan 42 foizgacha pasaydi.

Xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha majburiy zaxiralash meʼyorining pasaytirilishi banklarga foiz xarajatlari bosimini maʼlum darajada kamaytirish imkonini beradi.

Shuningdek, joriy likvidlilik holatidan kelib chiqib toʻlovlar uzluksizligini taʼminlash maqsadida oʻrtachalash koeffitsiyentini 80 foizdan 100 foizga oshirib, bugungi kunda majburiy zaxira hisobvaragʻida mavjud 3,0 trln. soʻmlik mablagʻlarni tijorat banklariga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Mazkur oʻzgartirishlar 2024-yil 1-iyuldan amaliyotga joriy etiladi.

Oʻrta muddatli istiqbolda xorijiy valyutadagi majburiyatlarga nisbatan zaxiralash talablarini yanada takomillashtirish, jumladan, 2025-2030-yillarda majburiy zaxiralash bazasini bosqichma-bosqich kengaytirish va unga mos ravishda meʼyorlarni pasaytirib borish choralari koʻriladi.

USD = 12989.07
+9.08
EUR = 13474.86
+82.11
RUB = 138.17
+2.83
GBP = 16168.79
+119.03
JPY = 84.61
-0.82
CHF = 14265.86
+30.29
CNY = 1777.13
+0.75
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X