Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank boshqaruvi 2024-yil 25-iyuldagi qarori bilan “Davlat qimmatli qog‘ozlari daromadlilik egri chizig‘ini hisoblash va e’lon qilish Tartibi”ni tasdiqladi

Yangilangan sana: 25 Iyul 2024, 17:15
25 Iyul 2024

Moliya bozori ishtirokchilarining foiz stavkalari va makroiqtisodiy kutilmalarini o‘rganish, qarz majburiyatlari bo‘yicha muddatlar va foiz stavkalari o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish va iqtisodiyot subyektlarining investitsion qaror qabul qilishiga ko‘maklashish maqsadida Markaziy bank tomonidan Davlat qimmatli qog‘ozlari daromadlilik egri chizig‘ini hisoblash va e’lon qilish Tartibi ishlab chiqildi.

Mazkur Tartib asosida joriy yilning 1 sentyabridan boshlab davlat qimmatli qog‘ozlari daromadlilik egri chizig‘i har hafta Markaziy bankning rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Daromadlilik egri chizig‘i Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan davlat obligatsiyalari va Markaziy bankning likvidlikni boshqarishda qo‘llaniladigan obligatsiyalari daromadliligi bo‘yicha ma’lumotlar asosida hisoblanadi.

Davlat qimmatli qog‘ozlari daromadlilik egri chizig‘ini hisoblashning nazariy Metodologiyasi Markaziy bankning rasmiy veb-sahifasiga joylashtiriladi va bozor ishtirokchilari mavjud ma’lumotlar asosida daromadlilik egri chizig‘ini mustaqil hisoblash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu daromadlilik egri chizig‘idan davlat qimmatli qog‘ozlari va kapital bozorining boshqa instrumentlarining bozor qiymatini baholash hamda ushbu instrumentlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda risk parametrlarini belgilash uchun foydalanish mumkin bo‘ladi.

USD = 12892.97
+12.97
EUR = 13541.49
+34.23
RUB = 123.38
-0.63
GBP = 16270.93
-10.68
JPY = 83.91
-0.05
CHF = 14441.05
+41.94
CNY = 1771.91
+2.24
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X