Özbekiston Respublikasi Markaziy bankida Citi xalqaro bank-moliya guruhi hamda xorijiy investitsiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda Markaziy bank rahbariyati, Citi vakillari, şuningdek, Ashmore Group, Janus Henderson Investors, Point72, Vanguard va Ninety One kabi xalqaro investitsiya kompaniyalari vakillari iştirok etdi.
Muloqot davomida Özbekistondagi joriy makroiqtisodiy vaziyat, inflyatsiya jarayonlari, pul-kredit siyosatining ustuvor yönalişlari, valyuta bozorining rivojlanişi, xalqaro zaxiralar hamda taşqi sektorning asosiy körsatkiçlari muhokama qilindi.
Xususan, Markaziy bank tomonidan inflyatsiyani 2027-yil yakuniga qadar 5 foizlik maqsadli darajaga tuşiriş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar, qat’iy pul-kredit şaroitlarini saqlab qoliş zarurati hamda inflyatsion kutilmalarning pasayiş tendensiyalari yuzasidan ma’lumot berildi.
Şuningdek, iqtisodiy ösiş sur’atlari, investitsion faollik, kreditlaş dinamikasi va fiskal siyosatning makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri böyiça fikr almaşildi. Valyuta bozorida talab va taklifning şakllanişi, milliy valyuta kursiga ta’sir etuvçi omillar hamda bozor mexanizmlarini takomillaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan taşqari, xalqaro zaxiralarni başqariş va diversifikatsiya qiliş, oltin-valyuta aktivlari tarkibi, likvidlikni tartibga soliş instrumentlari hamda içki pul bozorini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar körib çiqildi.
Uçraşuv yakunida xorijiy investorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, mamlakatning makroiqtisodiy istiqbollari, moliya bozoridagi islohotlar va investitsiya muhiti yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.










