Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2025 yil 30 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-153-sonli qarori qabul qilindi

Yangilangan sana: 6 May 2025, 19:30
6 May 2025
Qarorga asosan mas’ul davlat organlari, tashkilotlar, banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining har biriga kiberjinoyatlarning oldini olish hamda aholining kibermadaniyatini yuksaltirishga qaratilgan barcha zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha qat’iy javobgarlik yuklatildi.

Unga ko‘ra, 

banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari uchun o‘z kundalik faoliyatini tashkil etishda mijozlarining manfaati va moliyaviy xavfsizligi ta’minlanadi.

Banklar, to‘lov tizimi operatorlari hamda to‘lov tashkilotlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida sodir etilgan kiberjinoyat oqibatida kelib chiqqan moddiy zararni ular hisobidan undirish tartibi joriy etiladi.

Markaziy bank tegishli davlat organlari bilan birgalikda “drop” kartalar sotuvchilari uchun jinoiy javobgarlikni belgilash, fuqarolarga yetkazilgan zararni kiberxavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamagan tashkilotlardan undirish, bank siriga oid so‘rovlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berish mexanizmini yengillashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning tranzaksiyalarini monitoring qilish orqali firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”) alomatlari mavjud bo‘lgan holatlarni aniqlash hamda ular haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tezkor xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Banklar, to‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlari hamda kredit byurolarining tranzaksiyalari va boshqa zaruriy ma’lumotlari Markaziy bankning yagona platformasiga integratsiya qilinadi.

Markaziy bankda markazlashgan antifrod tizimini hamda banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining antifrod tizimlarini joriy etish ishlari yakuniga yetkaziladi.

Voyaga yetmaganlar banklarda hisob raqamlar va bank kartalarini ochishi yuzasidan tegishli talablarni ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.

Banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.

Kiberjinoyatlarni sodir etish uchun fuqarolar o‘zlarining bank hisob raqami, bank kartalari hamda elektron hamyonlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etgan shaxslar (drop) reyestri yuritiladi.

Banklar va to‘lov tashkilotlari tomonidan o‘zining mobil ilovalariga antivirus himoya tizimlarini o‘rnatadi hamda foydalanuvchi qurilmasida zararli dasturlar belgilari mavjudligi aniqlanganda ularni ogohlantirish amaliyoti joriy etiladi.

Ichki ishlar organlari mas’ul bo‘linmalari so‘roviga asosan shubhali pul o‘tkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalari tezkorlik bilan bloklanadi.

Qaror bilan tegishli vazirlik va idoralarga boshqa vazifalar ham yuklatilgan.

USD = 12904.51
-33.42
EUR = 14575.64
-89.5
RUB = 161.99
+0.89
GBP = 17295.91
-53.85
JPY = 89.94
+0.08
CHF = 15609.66
-82.19
CNY = 1790.70
-4.84
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X