Markaziy bank tomonidan nasiya savdo bozorini tartibga solishda samarali nazorat mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy qilish yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish va nasiya bozorini yagona qoidalar asosida adolatli rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Fintex assotsiatsiyasi va bozor ishtirokchilari bilan hamkorligida Axloq kodeksi loyihasining birinchi varianti ishlab chiqildi.
Kodeksning asosiy maqsadlari:
· nasiya savdo shartlarining toʻliq va tushunarli boʻlishi;
· isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
· yashirin toʻlov va jarimalarning oldini olish;
· nasiya savdo bozorida sogʻlom raqobat muhitini taʼminlash;
· nasiya savdo tashkilotlari obroʻsi va ishonchliligini oshirish.
Sizning fikringiz muhim
Loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilmoqda. Sizdan kelib tushgan har bir taklif va fikr umumlashtirilib, yakuniy hujjatga qoʻshiladi.
Taklif va mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yoʻllashingizni soʻraymiz: abdujalilovz@cbu.uz