Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakat bank kartalari bozoriga oid tahlilni e’lon qildi.

Yangilangan sana: 25 Dek 2025, 18:09
25 Dek 2025

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakat bank kartalari bozoriga oid sharhni e’lon qildi. Unda mahsulotlar xilma-xilligi, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda hududlar kesimida tranzaksiya faolligi bo‘yicha barqaror ijobiy o‘sish aks ettirilgan.

Banklar karta mahsulotlari taklifini kengaytirishda davom etmoqda: debit mahsulotlar assortimenti valyuta turi va to‘lov tizimiga ko‘ra tobora ko‘proq farqlanmoqda. An’anaviy plastik kartalar bilan bir qatorda virtual va kobeyjing maxsulotlar ham ommalashib bormoqda. Bu maxsulotlar odatda soddalashtirilgan rasmiylashtirish jarayoni, past xizmat xarajatlari hamda kengroq raqamli funksionallik bilan ajralib turadi. Bo‘lib to‘lash va kredit karta mahsulotlari ham rivojlanib, aholiga to‘lovlarni boshqarishda qo‘shimcha qulayliklar yaratmoqda. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish shartlari va narxlash yondashuvlari banklar kesimida turlicha.

Kartalardan foydalanish mamlakat bo‘ylab keng ommalashganini ko‘rsatadi. Hududlar bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlar, asosan, muomilladagi kartalar soni kattalar aholisi ulushi bilan mos keladi. Poytaxt esa kartalar muomalasi va tranzaksiyalar qiymati bo‘yicha asosiy konsentratsiya nuqtasi sifatida ajralib turib, chakana to‘lovlar hamda moliyaviy faollikning yetakchi markazi ekanini tasdiqlaydi. 

Kontaktsiz to‘lovlar yanada tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Bunda o‘sish, avvalo, tranzaksiyalar sonining ortishi hisobiga ta’minlanayotgani, ya’ni kundalik foydalanish kengayayotgani kuzatiladi. Ayni paytda, ko‘pchilik hududlarda naqd pul yechish faolligi nisbatan mo‘tadil bo‘lib qolmoqda, poytaxtda esa naqdlashtirish amaliyotlariga ehtiyoj boshqa hududlarga nisbatan yuqoriroq. 

Umuman olganda, taqdim etilgan ma’lumotlar bozor o‘sishi tranzaksiyalar hajmining ortishi va aholining to‘lov odatlaridagi o‘zgarishlar bilan birga, mahsulotlar tanlovi kengayishi hamda raqamli xizmatlardan foydalanishning kuchayishi hisobiga shakllanayotganini ko‘rsatadi.

Batafsil 

USD = 12084.95
-51.97
EUR = 14182.90
-8.8
RUB = 159.31
-0.68
GBP = 16350.94
+34.06
JPY = 76.48
0
CHF = 15276.13
-21.22
CNY = 1735.57
-6.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X