Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi oshib bormoqda

Yangilangan sana: 2 Iyun 2026, 18:56
2 Iyun 2026
2026-yilning I choragida mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi 11,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 8 barobarga oshgan.

Ko‘rsatilgan xizmatlarning asosiy qismini “Murobaha” shartnomalari tashkil etib, ularning hajmi 7,7 mlrd so‘mga yoki jami xizmatlarning 69 foiziga teng bo‘ldi. Shuningdek, “Muzoraba” xizmatlari 2,1 mlrd so‘mni (19 foiz), “Islomiy ijara” xizmatlari esa 1,4 mlrd so‘mni (12 foiz) tashkil etdi.

  • Mijozlar tarkibida yuridik shaxslar yetakchilik qilib, ular hissasiga 5,2 mlrd so‘mlik xizmatlar to‘g‘ri keldi.
  • Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ulushi mos ravishda 2,9 mlrd so‘m va 3,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Hududlar kesimida xizmatlarning asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 10,6 mlrd so‘mlik islomiy moliyalashtirish xizmatlari ko‘rsatildi. Namangan viloyatida esa ushbu ko‘rsatkich 670 mln so‘mni tashkil etdi.

Natijalar islomiy moliyalashtirish xizmatlariga bo‘lgan talab ortib borayotganini hamda mikromoliya bozorida ushbu yo‘nalish bosqichma-bosqich rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Sharhning qisqa tavsifi bilan havola orqali tanishing

To‘liq sharh bilan havola orqali tanishing
USD = 11934.64
-14.39
EUR = 13896.69
-25.12
RUB = 164.14
-2.14
GBP = 16077.15
-6.24
JPY = 74.71
-0.23
CHF = 15185.95
-55.16
CNY = 1764.59
-1.66
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X