Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

FIFA 26 - ESDALIK TANGALARI

Yangilangan sana: 16 Iyun 2026, 18:28
16 Iyun 2026

Markaziy bank tomonidan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining “Jahon chempionati - 2026”da ishtirok etishi munosabati bilan maxsus esdalik tangalari muomalaga chiqariladi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yoʻl olishi mamlakat sporti solnomasidagi eng muhim voqealardan biri boʻldi.Ushbu natijani tarixga muhrlash maqsadida 999,9 asllikdagi sof oltin va kumushdan esdalik tangalari zarb etildi.

Esdalik tangalarining avers qismida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi logotipi, klassik futbol toʻpi chizmasi hamda “Tarixiy zafar. Oʻzbekiston futboli jahon chempionatida - 2026” yozuvi aks ettirilgan. Mazkur elementlar milliy terma jamoamizning ilk mundial yoʻllanmasi va Oʻzbekiston futboli tarixidagi yangi sahifani ramziy tarzda ifodalaydi.

Tangalar dizaynida muxlislar orasida “Oq boʻrilar” nomi bilan tanilgan milliy terma jamoamiz ramzi ham oʻrin olgan. Revers qismidagi boʻri silueti futbolchilarimizning shijoati, jamoaviy ruhi va taslim boʻlmas xarakterini ifodalaydi. Ushbu ramz 26 nafar futbolchi siluetini oʻzida mujassam etib, tarixiy natija butun jamoaning birdamligi va mehnati bilan qoʻlga kiritilganini anglatadi.

Shuningdek, tanga dizaynida milliy terma jamoa libosidagi naqshlar koʻhna obidalarimiz devorlaridagi naqshlardan olingani shonli tariximiz va boy madaniyatimizni ifoda etadi. Bu yechim futbol, milliy gʻurur va ajdodlar tarixini yagona kompozitsiyada birlashtiradi.

31,1 gramm ogʻirlikdagi 100ta oltin va 1000ta kumush tangalar yuqori badiiy hamda kolleksion qiymatga ega boʻlib, cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan.

Esdalik tangalari 18-iyundan boshlab 690ta tijorat banklari filiallarida sotuvga chiqariladi.

Sotuv narxlari va banklardagi mavjudlik boʻyicha yangilangan maʻlumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida har kuni eʻlon qilib boriladi.

USD = 12012.12
+32.29
EUR = 13935.26
+30.27
RUB = 166.12
+1.13
GBP = 16115.46
+30.14
JPY = 74.91
+0.09
CHF = 15111.49
+8.33
CNY = 1777.86
+4.94
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X