Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank xalqaro akademik ekspertlar bilan tadqiqot salohiyatini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Yangilangan sana: 29 Iyun 2026, 15:58
29 Iyun 2026

“Pul-kredit siyosati boʻyicha muloqot - 2026” forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyati va xalqaro akademik hamjamiyat vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov, Angliya banki bosh iqtisodchisi Xyu Pill, Jeneva oliy xalqaro tadqiqotlar instituti rahbari va professori Sedrik Till, MIT professori hamda Yaponiya banki maslahatchisi Atanasios Orfanides, Oksford universiteti professori Maykl Makmahon, Xitotsubasi universiteti professori Toshitaka Sekine hamda OG Research boshqaruvchi direktori Devid Vavra ishtirok etdi.

Muloqot davomida Markaziy bankda tadqiqot salohiyatini rivojlantirish, ilmiy-tahliliy faoliyat natijalaridan qarorlar qabul qilish jarayonida samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Markaziy bank raisi so‘nggi yillarda qarorlar qabul qilishda tadqiqotga asoslangan yondashuvni kuchaytirish, ichki tahliliy salohiyatni oshirish hamda tadqiqot qo‘mitasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Xalqaro ekspertlar Markaziy bank tomonidan tadqiqot salohiyatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborni yuqori baholab, zamonaviy markaziy banklar uchun sifatli tadqiqotlar, akademik hamkorlik, ochiq kommunikatsiya va malakali kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Uchrashuvda, shuningdek, markaziy banklarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini institutsional jihatdan yo‘lga qo‘yish, xalqaro maslahatchilar va tashrif buyuruvchi tadqiqotchilar dasturlaridan foydalanish, mahalliy universitetlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda ma’lumotlar infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, pul-kredit siyosati bo‘yicha tahliliy asoslarni mustahkamlash va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish borasida muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

USD = 12060.84
+51.55
EUR = 13754.18
+55.18
RUB = 155.00
+0.26
GBP = 15943.22
+65.74
JPY = 74.50
+0.19
CHF = 14913.86
+54.56
CNY = 1775.14
+8.6
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X