Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mehnat bozoriga bag‘ishlangan navbatdagi tahliliy sharhni taqdim etdi

Yangilangan sana: 2 Iyul 2026, 16:16
1 Iyul 2026

2026-yil I choragida mehnat bozori faolligi yuqori darajada saqlanib qoldi. Mart oyida bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,8% ga oshib, ishchi kuchiga talab ayniqsa xizmatlar, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va ishlab chiqarish sohalarida yuqori shakllandi. Faol rezyumelar sonining 31,5% ga oshishi esa mehnat bozorida raqobat kuchayganini ko‘rsatdi.

Korxonalarning ishchilarni yollash bo‘yicha ijobiy kutilmalari saqlanib qoldi. Bandlikning o‘sishi asosan xizmatlar sohasi va xususiy sektor hisobiga shakllandi, ishsizlik darajasi esa 4,8% ni tashkil etdi.

I chorakda nominal ish haqi 17,4% ga, real ish haqi esa 9,5% ga oshdi. Ish haqi o‘sishi moliyaviy xizmatlar, transport va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida yuqori bo‘ldi. Shu bilan birga, real ish haqi o‘sishining mehnat unumdorligidan yuqori shakllanishi inflyatsion bosimlarning saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Pul o‘tkazmalari hajmi 3,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13% ga oshdi. Mehnat migratsiyasi yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish davom etib, Turkiya va Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari soni oshdi.

Qisqa tavsif bilan havola orqali tanishing

To‘liq sharh bilan havola orqali tanishing

USD = 11973.90
+64.24
EUR = 13700.54
+111.62
RUB = 154.82
+2.54
GBP = 15987.55
+98.87
JPY = 74.31
+0.43
CHF = 14905.89
+116.79
CNY = 1765.25
+11.02
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X