Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat yo‘nalishida muhim natijalar

Yangilangan sana: 13 Iyul 2026, 13:48
1 Iyul 2026
2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Markaziy bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda komplayens-nazorat yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar quyidagi natijalarni qayd etdi:

  •  56 ta vazifa va funksiya bo‘yicha korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi. Shundan 40 tasi past, 16 tasi o‘rta xavf darajasida baholanib, ularni kamaytirish bo‘yicha choralar belgilandi;
  •  Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha 2 264 nafar xodim yillik deklaratsiyalarini taqdim etdi;
  •  Xodimlar uchun 61 ta seminar va targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi hamda 43 nafar yangi xodim maxsus o‘quv kurslarida malakasini oshirdi;
  •  Monitoring doirasida 184 nafar nomzod va 558 ta xarid kontragenti o‘rganildi;
  •  Tahlillar natijasida 6 nafar xodimning tadbirkorlik subyektlaridagi ishtiroki aniqlanib, barcha holatlar bartaraf etildi. Xodimlar orasida sudlanganlik holatlari aniqlanmadi.
Komplayens tizimi samaradorligi:

ISO 37001:2025 xalqaro sertifikati qo‘lga kiritildi;
korrupsiyaga qarshi kurashish reytingida 95 ball qayd etildi;
Toshkent Aksilkorrupsiya forumida Markaziy bank e’tirof etildi.

Erishilgan natijalar Markaziy bank tizimida shaffoflik, ochiqlik va korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
USD = 11818.07
-35.48
EUR = 13788.14
-81.7
RUB = 141.69
-0.17
GBP = 16118.67
-70.91
JPY = 74.30
-0.4
CHF = 14733.91
-94.15
CNY = 1757.91
-5.85
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X