Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston va Kambodja Markaziy banklari moliyaviy texnologiyalar sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Yangilangan sana: 24 Avg 2026, 16:42
24 Avg 2026

“Silk Road Finance and Technology Forum” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Kambodja Milliy banki rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar markaziy banklar faoliyatining qator ustuvor yo‘nalishlari, xususan, moliyaviy inklyuziya va moliyaviy savodxonlikni oshirish, to‘lov tizimlarini rivojlantirish, moliyaviy texnologiyalar hamda markaziy bank raqamli valyutalari (CBDC) sohalarida tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, zamonaviy to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish, QR-kod asosidagi to‘lovlarni takomillashtirish hamda to‘lov tizimlarining o‘zaro integratsiyasini kuchaytirish masalalari yuzasidan tajriba almashdi.

Muloqot davomida markaziy banklarning institutsional va tadqiqot salohiyatini mustahkamlash, moliya sohasida innovatsion yechimlarni rivojlantirish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar tegishli yo‘nalishlarda bilim va amaliy tajriba bilan bo‘lishish hamda ikki markaziy bank o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

USD = 11818.07
-35.48
EUR = 13788.14
-81.7
RUB = 141.69
-0.17
GBP = 16118.67
-70.91
JPY = 74.30
-0.4
CHF = 14733.91
-94.15
CNY = 1757.91
-5.85
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X