Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank 2026-yil I choragi uchun “Koʻchmas mulk bozori tahlili”ni e'lon qildi

Yangilangan sana: 6 Iyul 2026, 11:04
6 Iyul 2026

Sharhda iqtisodiy faollik va uy-joyga bo‘lgan talab yuqori shakllanishi fonida ko‘chmas mulk bozorida sezilarli jonlanish kuzatilgani qayd etildi. Bozor faolligi ipoteka kreditlari hajmining kengayishi, aholi real daromadlarining o‘sishi hamda qurilish va investitsion faollikning yuqori darajada saqlanishi bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Tahlil natijalariga koʻra:

Bozordagi yuqori faollik:  2026-yil I choragida jami oldi-sotdi bitimlari soni 110,1 mingtani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 48,4 foizga oshdi. Ayniqsa, mart oyida bitimlar sonining keskin koʻpayishi kuzatildi.
Hududlar kesimidagi oʻsish dinamikasi: Koʻchmas mulk bozoridagi yuqori oʻsish Toshkent shahri (64 foiz), Sirdaryo (67 foiz), Andijon (56 foiz) hamda Navoiy (52 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Ushbu tendensiya hududlarda iqtisodiy faollik va urbanizatsiya jarayonlarining kuchayib borayotganini koʻrsatmoqda.
Eskrou tizimi fonidagi faollik: Mart oyida bitimlar sonining sezilarli oshishi 2026-yil 1-apreldan koʻchmas mulk oldi-sotdi jarayonlari uchun yangi eskrou tizimi joriy etilishi fonida shakllandi. Bozor ishtirokchilari yangi tartib kuchga kirishidan oldin shartnomalarni jadal tarzda rasmiylashtirdi.
Ipoteka va aholi daromadlari hisobiga qoʻllab-quvvatlanayotgan oʻsish: 2026-yil I choragida ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 5,7 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 29 foizga oshdi. Aholi real daromadlari 7,8 foizga oʻsib, uy-joyga boʻlgan talabni qoʻllab-quvvatladi.
Qurilish va taklifning yuqori faolligi: I chorak yakuniga koʻra foydalanishga topshirilgan uy-joylarning umumiy maydoni 3,3 mln kvadrat metrni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 foizga oshdi. Uy-joy qurilishidagi oʻsish asosan individual turar joylar segmenti hisobiga shakllandi. Shu bilan birga, qurilishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar ulushi ham oshdi.
Narxlar dinamikasi: Koʻchmas mulk bozoridagi yuqori faollik fonida narxlar oʻsish surʻatlari tezlashdi. Mart oyida birlamchi bozorda uy-joy narxlari soʻmda 1,8 foizga, dollarda 8,1 foizga oshdi. Ikkilamchi bozorda esa narxlar soʻmda 3 foizga, dollarda 9,4 foizga qimmatlashdi.

Ko'chmas mulk bozori tahlili (2026-yil I chorak)ning to'liq matni bilan tanishish uchun havolani bosing.
Ko'chmas mulk bozori tahlili (2026-yil I chorak)ning qisqa tasnifi bilan tanishish uchun havolani bosing.

USD = 12042.05
+68.15
EUR = 13744.80
+44.26
RUB = 155.03
+0.21
GBP = 16058.07
+70.52
JPY = 74.18
-0.13
CHF = 14940.51
+34.62
CNY = 1772.71
+7.46
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X