O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida “Kreditanstalt für Wiederaufbau” (KfW) xalqaro moliya tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotning asosiy mavzusi – mamlakatimizda yangi moliyaviy institutlar, xususan, xedjirlash kompaniyalari va ixtisoslashgan investitsiya fondlarini joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar bu kabi moliya institutlarini tashkil etishda xalqaro tajriba, boshqaruv mexanizmlari, tartibga solishdagi yondashuvlari hamda mazkur institutlarga kapital jalb qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida Markaziy bank xodimlari uchun xedjirlash kompaniyalari va muqobil investitsiya vositalarini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha treninglar, qo‘shma seminarlar hamda tajriba almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Markaziy bankda KfW vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 15:22