Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bankda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi hamkorligida tijorat banklari vakillari ishtirokida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini baholashning reyting tizimini joriy etish to‘g‘risida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 17:06
10 Iyul 2026

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF–51-sonli Farmoni mazmun-mohiyati hamda murojaatlar bilan ishlash tizimiga joriy etilgan yangi yondashuvlar muhokama qilindi.


Xususan, Farmonga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarining aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini baholash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi axborot tizimi orqali har 6 oyda reyting e’lon qilib borilishi ma’lum qilindi.

Reyting quyidagi asosiy mezonlar asosida shakllantiriladi:

- murojaatlar salmog‘i;
- ularni hal etish darajasi;
- muddatlarga rioya etilganligi;
- murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tizimga kiritilgan materiallarning qayta ijroga yuborilishi;
- takroriy murojaatlar ko‘rsatkichi.

Shuningdek, uchrashuvda bank tizimida murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilinib, tijorat banklari vakillarining savollariga atroflicha javoblar berildi. Uchrashuv yakunida ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.



USD = 12031.25
-62.1
EUR = 13764.95
-102.49
RUB = 153.24
-1.98
GBP = 16173.61
-162.09
JPY = 74.10
-0.47
CHF = 14899.38
-82.47
CNY = 1775.33
-11.8
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X