Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bankda iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslari taqchilligining makroiqtisodiy ta’siri muhokama qilindi

Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 17:54
10 Iyul 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — FAO vakillari ishtirokida iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslari taqchilligining makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siriga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida suv taqchilligining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, oziq-ovqat narxlari va inflyatsiya jarayonlariga ta’siri Water–Energy–Food Nexus, ya’ni Suv–Energiya–Oziq-ovqat konsepsiyasi asosida muhokama qilindi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi natijasida suv resurslarining qisqarishi bilan bog‘liq prognozlar hamda ularning mamlakat iqtisodiyotiga ehtimoliy ta’siri yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida suv resurslari va iqlim omillarining makroiqtisodiy hamda moliyaviy barqarorlikka ta’sirini chuqurroq o‘rganish, ushbu yo‘nalishda qo‘shma tadqiqotlar olib borish hamda xalqaro metodologiyalar asosida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yakunda Markaziy bank va FAO tomonidan suv resurslari hamda iqlim omillarining makroiqtisodiy ta’sirini baholash, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni birgalikda olib borish va xalqaro tajribani O‘zbekiston amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.

USD = 12075.98
+63.77
EUR = 13800.43
+69.27
RUB = 157.32
-0.82
GBP = 16193.89
+81.91
JPY = 74.62
+0.65
CHF = 14965.89
+79.03
CNY = 1782.01
+13.92
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X