Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida moliyaviy xizmatlar iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish sohasida riskka asoslangan nazorat tizimini joriy etish masalalariga bag'ishlangan seminar-trening o'tkazildi.

Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 19:59
10 Iyul 2026

2026-yil 6–10-iyul kunlari O'zbekiston Markaziy bankida moliyaviy xizmatlar iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish sohasida riskka asoslangan nazorat tizimini joriy etish masalalariga bag'ishlangan seminar-trening bo'lib o'tdi.

Seminar-trening Osiyo taraqqiyot banki ko'magida jalb etilgan xalqaro ekspert Armenui Mkrtchyan ishtirokida tashkil etildi. Seminar davomida mazkur yo'nalishdagi xalqaro tajriba, ilg'or yondashuvlar hamda amaliy tavsiyalar yuzasidan fikr almashildi.

Mashg'ulotlar davomida moliyaviy xizmatlar bozorida riskka asoslangan nazorat tizimini shakllantirish bilan bog'liq yondashuvlar muhokama qilindi. Shuningdek, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xavflarni baholash, ularni aniqlash bo'yicha amaliy masalalar ko'rib chiqildi.

Mazkur seminar-trening xalqaro tajribani o'rganish, bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash hamda riskka asoslangan nazorat tizimini joriy etishga doir qo'llanmalarni ishlab chiqish uchun muhim amaliy asos bo'lib xizmat qiladi. Moliyaviy xizmatlar iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish yo'nalishida riskka asoslangan nazorat tizimini to'liq joriy etish maqsadida mazkur xalqaro ekspert bilan hamkorlik kelgusi yillarda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

USD = 12075.98
+63.77
EUR = 13800.43
+69.27
RUB = 157.32
-0.82
GBP = 16193.89
+81.91
JPY = 74.62
+0.65
CHF = 14965.89
+79.03
CNY = 1782.01
+13.92
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X