Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston va Ozarbayjon markaziy banklari mintaqaviy moliyaviy va fintex integratsiyasini muhokama qildi

Yangilangan sana: 26 Avg 2026, 17:07
26 Avg 2026

“Silk Road Finance & Technology Forum 2026” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Ozarbayjon Markaziy banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki regulyator o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, mintaqaning moliya va fintex ekotizimlari o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar milliy fintex strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tajribasi, moliyaviy innovatsiyalar uchun zarur infratuzilmani shakllantirish, venchur moliyalashtirish mexanizmlarini hamda fintex kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yondashuvlar yuzasidan fikr almashdi.

Tomonlar mintaqada yanada integratsiyalashgan va innovatsion moliyaviy ekotizimni rivojlantirish yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

USD = 11823.69
+45.17
EUR = 13797.06
+63.31
RUB = 139.74
+0.78
GBP = 16114.51
+56.85
JPY = 74.32
+0.36
CHF = 14706.08
+34.28
CNY = 1759.32
+6.51
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X