Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Islom moliyasini rivojlantirish bo‘yicha Malayziya bilan hamkorlik istiqbollari

Yangilangan sana: 25 Avg 2026, 23:42
25 Avg 2026

“Silk Road Finance and Technology Forum” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyati hamda Malayziya Markaziy bankining Bank Negara Malaysia Shariat maslahat kengashi raisi Dr. Ashraf Hashim boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasidagi uchrashuvda islom moliyasini rivojlantirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqotda O‘zbekistonda islom moliyasini rivojlantirishga qaratilgan qonun asosida islom moliyasi faoliyatini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, islom banklari va “islomiy darcha”lar faoliyatini litsenziyalash, maxsus soliqqa tortish tartibi hamda ikki pog‘onali Shariat boshqaruvi tizimini shakllantirish yuzasidan O‘zbekistonda ko‘rilayotgan aniq chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Mazkur tizim Markaziy bank va tijorat banklari darajasida islom moliyasi kengashlarini tashkil etishni nazarda tutadi.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan islom banklari faoliyatini tartibga solish, prudensial nazorat va Shariat talablariga muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilayotgan me’yoriy asoslar bo‘yicha fikr almashildi.

Malayziya tomoni islom moliyasi tizimi, markazlashgan Shariat boshqaruvi, islom bankchiligi mahsulotlarini bosqichma-bosqich joriy etish hamda ularning barcha iste’molchilar uchun jozibadorligini ta’minlash borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Ma’lumot uchun, Malayziyada islom moliyasi 1983-yildan shakllangan.

Ta’kidlanganidek, islom moliyasi nafaqat diniy omil sifatida, balki mijozlar va biznes uchun qo‘shimcha qiymat yaratadigan moliyaviy tizim sifatida rivojlantirilishi lozim.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o‘rtasida islom moliyasi sohasida tajriba va bilim almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

USD = 11778.52
-39.55
EUR = 13733.75
-54.39
RUB = 138.96
-2.73
GBP = 16057.66
-61.01
JPY = 73.96
-0.34
CHF = 14671.80
-62.11
CNY = 1752.81
-5.1
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X