Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida XVJning Markaziy banklar shaffofligi kodeksi bo‘yicha baholash missiyasi o‘z ishini boshladi

Yangilangan sana: 17 Iyul 2026, 16:00
17 Iyul 2026

Toshkent, 2026-yil 16-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) delegatsiyasi ishtirokida Markaziy banklar shaffofligi kodeksi (Central Bank Transparency Code, CBT) bo‘yicha baholash missiyasining ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Missiya doirasida Markaziy bankning boshqaruv, pul-kredit siyosati, moliyaviy barqarorlik, bank nazorati, kommunikatsiyalar hamda moliyaviy hisobot kabi asosiy faoliyat yo‘nalishlaridagi shaffoflik amaliyoti baholanadi. Baholash jarayoni jamoatchilik uchun ochiq axborotlarni tahlil qilish, Markaziy bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan uchrashuvlar hamda tashqi manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlarni o‘z ichiga oladi.

Uchrashuv davomida missiyaning maqsadlari, ko‘lami hamda shaffoflikni yanada mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. XVJ delegatsiyasi tashqi manfaatdor tomonlar Markaziy bankning shaffofligi, institutsional ishonchliligi hamda kommunikatsiyalarining izchilligi yuzasidan ijobiy fikr bildirganini qayd etdi.

Missiya o‘z ishini Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari, tashqi manfaatdor tomonlar va hamkor tashkilotlar bilan uchrashuvlar orqali davom ettiradi. Uning yakuniy tavsiyalari Markaziy bankning shaffoflik tizimini xalqaro ilg‘or amaliyotlarga muvofiq yanada takomillashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

USD = 12031.25
-62.1
EUR = 13764.95
-102.49
RUB = 153.24
-1.98
GBP = 16173.61
-162.09
JPY = 74.10
-0.47
CHF = 14899.38
-82.47
CNY = 1775.33
-11.8
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X