Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Biznes kayfiyati sharhi, 2026-yil II chorak

Yangilangan sana: 13 Avg 2026, 12:27
13 Avg 2026

2026-yilning II choragida O‘zbekistonda biznes kayfiyati ijobiy dinamikani davom ettirib, iqtisodiy faollik va tadbirkorlik muhitidagi barqaror o‘sish tendensiyalarini aks ettirdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hududlarda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi jami 2 391 nafar tadbirkor ishtirok etdi.

So‘rov natijalari tadbirkorlarning iqtisodiy faollik, biznes muhiti va bandlik bo‘yicha baholari asosan ijobiy va barqaror shakllanayotganini ko‘rsatdi. Xususan, respondentlarning 64 foizi joriy biznes shart-sharoitlarini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yaxshilangan deb baholadi (2025-yil II chorakda 61 foiz). Mazkur ko‘rsatkichning so‘nggi ikki yil davomida o‘rtacha 50 foizdan yuqori darajada saqlanib kelayotgani tadbirkorlar ishonchi barqarorligini anglatadi.

Ijobiy baholarga asosan bank xizmatlari sifatining oshishi, raqobat muhitining yaxshilanishi, litsenziyalash jarayonlarining soddalashuvi hamda yo‘llar infratuzilmasining biroz yaxshilanishi ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, respondentlar monopollashuv darajasi, ma’muriy aralashuvlar, energiya ta’minoti va bojxona tariflari bilan bog‘liq holat o‘tgan yil darajasida saqlanib qolganini qayd etishdi.

Chorak davomida iqtisodiy faollik ko‘rsatkichlarida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan, ishlab chiqarish hajmlari, buyurtmalar, yonilg‘i sarfi va yuk tashish hajmlari oshganini bildirgan respondentlar ulushi yuqori saqlanib qoldi. Ayniqsa, buyurtmalar hajmi oshganini qayd etgan tadbirkorlar ulushi 56 foizni tashkil etib, bunda qurilish, turizm, umumiy ovqatlanish, hunarmandchilik va ishlab chiqarish sohalari asosiy hissa qo‘shdi.

Mehnat bozorida ham ijobiy tendensiyalar saqlanib qoldi. Xususan, ishlab chiqarish, qurilish, turizm va moliya sohalarida qo‘shimcha ishchi kuchiga bo‘lgan talab yuqori shakllandi - II chorakda ishchi kuchiga talabi oshganini bildirgan tadbirkorlik subyektlari ulushi 48 foizga yetdi. Shu bilan birga, o‘rta muddatli istiqbollar bo‘yicha optimistik kayfiyatlar sezilarli kuchayib, respondentlarning 82 foizi (2025-yil II chorakda 66 foiz) kelgusi uch yil davomida makroiqtisodiy sharoitlar yaxshilanishiga ishonch bildirdi.

Biznes kayfiyati bo‘yicha 2026-yil II chorak sharhi va qisqa tavsifi bilan tanishing. 
USD = 11937.89
-10.69
EUR = 13769.16
-24.28
RUB = 141.76
-2.53
GBP = 16107.79
-55.05
JPY = 74.92
-0.18
CHF = 14690.98
-34.9
CNY = 1770.39
-1.42
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X