Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Koreya Markaziy banki bilan “Suzuvchi foiz stavkali instrumentlarning pul-kredit siyosati transmission mexanizmi samaradorligini oshirishdagi roli” mavzusidagi qo‘shma tadqiqot dasturi boshlandi

Yangilangan sana: 21 Iyul 2026, 16:16
21 Iyul 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Koreya banki o‘rtasidagi o‘zaro bilimlar almashinuvi dasturi (Knowledge Partnership Program – KPP) doirasidagi navbatdagi qo‘shma tadqiqot yuzasidan ikki tomonlama kelishuv imzolandi.
Dasturning birinchi bosqichida Koreya banki vakillari va Koreyaning Osiyo tadqiqotlar markazi (ARC) professorlari ishtirokida tadqiqot seminari o‘tkazilib, unda:
– Markaziy bankning operatsion mexanizmini mustahkamlashda suzuvchi foiz stavkali instrumentlarning roli;
– mazkur instrumentlarning moliyaviy barqarorlikka ta’siri;
– tashqi shoklar sharoitida pul-kredit siyosati transmission mexanizmining empirik tahlili;
– suzuvchi foiz stavkali instrumentlar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmining oshishi sharoitida pul-kredit siyosati transmission kanallarini tahlil qilish yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi va tajriba almashildi.
Tashrifning ikkinchi bosqichida qo‘shma tadqiqot guruhi a’zolari – Markaziy bank xodimlari, Koreya banki vakillari va Osiyo tadqiqotlar markazi professorlari bilan birgalikda tadqiqot savollari, tahlillarda qo‘llaniladigan ma’lumotlar qamrovi hamda tadqiqotni samarali yakunlash uchun istiqboldagi zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

USD = 12101.84
+53
EUR = 13811.83
+70.13
RUB = 153.75
+0.87
GBP = 16183.79
+74.49
JPY = 74.08
+0.18
CHF = 14854.35
+26.83
CNY = 1787.65
+8.65
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X