Markaziy bank aholi murojaatlarini chuqur oʻrganish va har bir masala yuzasidan samarali yechim topish maqsadida fuqarolarni qabul qilish amaliyotini izchil davom ettirmoqda.
Markaziy bankda boʻlib oʻtgan navbatdagi qabulda Markaziy bank Raisi oʻrinbosari S. Nosirov fuqaroni shaxsan qabul qildi. Qabul davomida fuqaroning murojaati atroflicha oʻrganilib, koʻtarilgan masala yuzasidan aniq va amaliy yechim takliflari berildi.
Markaziy bank uchun fuqarolar bilan ishonch va ochiqlik asosida qurilgan muloqot doimo ustuvor ahamiyatga ega.
Fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish va ularga amaliy yordam koʻrsatish ishlari davom etmoqda.










