Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Hududiy bosh boshqarmalarda korrupsiyaga qarshi monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkazildi

Yangilangan sana: 4 Avg 2026, 19:30
4 Avg 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Komplayens-nazorat xizmati tomonidan joriy yilning 13–24-iyul kunlari Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Monitoring tadbirlari davomida hududiy bosh boshqarmalarda Markaziy bankning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan talablarning ijrosi o‘rganilib, amaldagi holat yuzasidan tahlillar amalga oshirildi.

Shuningdek, xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Tadbirlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ichki tartib-taomillar, xodimlarning majburiyatlari hamda korrupsion xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Monitoring doirasida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki me’yoriy hujjatlar bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi. Shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida anonim so‘rovnomalar tashkil etildi.

Nazorat tadbirlari yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, ichki nazorat mexanizmlarining samaradorligini oshirish va korrupsion xavflarni kamaytirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur monitoring va nazorat tadbirlari Markaziy bankning barcha hududiy bosh boshqarmalari hamda tasarrufidagi korxonalarida bosqichma-bosqich davom ettiriladi.

USD = 11886.72
-55.49
EUR = 13717.27
-25.83
RUB = 146.37
-1.05
GBP = 16007.85
-43.67
JPY = 75.35
-0.28
CHF = 14687.66
-52.17
CNY = 1761.23
-7.04
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X