Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik

Yangilangan sana: 25 Avg 2026, 16:43
25 Avg 2026

“Silk Road Finance and Technology Forum” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyati va Massachusetts Institute of Technology (MIT) professori, Keniya Markaziy bankining sobiq raisi Patrik Njoroge o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish, zamonaviy to‘lov infratuzilmasini takomillashtirish sohalarida tadqiqot salohiyatini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, moliyaviy sektorning jadal raqamlashtirilishi sharoitida zarur ehtiyoj va vazifalarni aniqlash hamda unga mos yangi texnologik yechimlarni joriy etishda o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Tomonlar bugungi global moliya bozoridagi to‘lov tizimlarining samaradorligi, xavfsizligi va uzluksizligini oshirish, shuningdek, xalqaro ilg‘or amaliyotlardan foydalanishning ahamiyatini qayd etdi.

Shuningdek, Markaziy bank va MIT o‘rtasida ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma tadqiqot loyihalari, ekspertlar va tadqiqotchilar o‘rtasida bilim almashinuvi hamda seminar va akademik tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

USD = 11778.52
-39.55
EUR = 13733.75
-54.39
RUB = 138.96
-2.73
GBP = 16057.66
-61.01
JPY = 73.96
-0.34
CHF = 14671.80
-62.11
CNY = 1752.81
-5.1
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X