Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank va Ant Group transchegaraviy to‘lovlar hamda fintexni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Yangilangan sana: 28 Avg 2026, 14:03
27 Avg 2026

“Silk Road Finance & Technology Forum 2026” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Ant Group” vakillari o‘rtasida uchrashuvda raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, transchegaraviy to‘lovlar va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari haqida fikr almashildi.

Tomonlar xorijiy sayyohlarning sayohat vaqtida to‘lov jarayolarini yanada qulaylashtirish, jumladan, yangi zamonaviy to‘lov yechimlarini ishlab chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy safarlar vaqtida to‘lov xizmatlaridan foydalanishini takomillashtirish masalarini muhokama qildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda fintex ekotizimini rivojlantirish va soha mutaxassislarining salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu jumladan, fintex mutaxassislari uchun xalqaro ta’lim va malaka oshirish tashabbuslari, xususan, “10x1000 Tech for Inclusion” dasturi doirasidagi hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar raqamli moliya va to‘lov texnologiyalari sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

USD = 11820.48
+19.25
EUR = 13766.13
+28.32
RUB = 137.51
+0.78
GBP = 16059.30
+34.41
JPY = 74.04
+0.02
CHF = 14703.92
+49.47
CNY = 1758.76
+2.76
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X