Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIGA BAGʻISHLANGAN ESDALIK TANGALARI

Yangilangan sana: 28 Avg 2026, 16:13
28 Avg 2026

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida maxsus esdalik tangalari kolleksiyasini muomalaga chiqaradi.

Uchta tangadan iborat kolleksiya Oʻzbekistonning milliy davlatchiligi, tarixiy merosi, milliy qadriyatlari va zamonaviy taraqqiyot gʻoyalarini yagona badiiy konsepsiyada aks ettiradi. Kolleksiyadagi har bir tanga mustaqillik davrining muhim ramzlari va qadriyatlarini oʻziga xos kompozitsiya orqali ifodalaydi.

Kolleksiyaning birinchi tangasida xalqimizning ozodligi, milliy gʻururi va mustaqil davlatchiligi timsoli sifatida Mustaqillik monumenti tasvirlangan. Monument ortidan taralayotgan quyosh nurlari istiqlol bergan imkoniyatlar va yorugʻ kelajak ramzi sifatida talqin etilgan. Tanganing revers qismida Oʻzbekiston Respublikasining   Davlat   bayrogʻi   va   uning   qabul   qilingan sanasi – 1991-yil

18-noyabr aks ettirilgan. Mazkur badiiy yechim davlat ramzlarining mamlakatimiz hayotidagi yuksak oʻrnini ifodalaydi.

Ikkinchi tanga Oʻzbekistonning tarixiy va maʼnaviy merosiga bagʻishlangan. Uning avers qismida Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi tasvirlangan. Mazkur meʼmoriy obraz mamlakatimizning jahon ilm-fani, maʼnaviyati va islom sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasini ifodalaydi. Tanganing revers qismida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi va uning qabul qilingan sanasi – 1992-yil 2-iyul aks ettirilgan. Kompozitsiya davlat suvereniteti, milliy birlik va mustahkam davlatchilik gʻoyalarini mujassam etadi.

Kolleksiyaning uchinchi tangasida “35” raqami asosiy kompozitsion element sifatida aks ettirilgan. Uning nafis va zamonaviy talqini mustaqillikning bardavomligi hamda tarixiy masʼuliyatning yangi avlodlarga oʻtishini ifodalaydi. Revers qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasidan olingan “Olamni mahliyo aylagan diyor!” satri va Madhiyaning qabul qilingan sanasi – 1992-yil 10-dekabr aks ettirilgan. Dizaynda milliy oʻziga xoslikni ifodalash uchun doʻppi naqshlaridan ham foydalanilgan.

Esdalik tangalari 999,9 asillikdagi oltin (Au) va kumushdan (Ag) zarb etilgan boʻlib, har bir tanganing ogʻirligi 31,1 gramm, nominal qiymati esa 100 000 soʻmni tashkil etadi. Tangalar uch donadan iborat kolleksiya toʻplami koʻrinishida, shuningdek, kolleksiyadagi tangalar har biri alohida holda sotuvga chiqariladi.

Oltin esdalik tangalarining dastlabki tiraji 450 dona, kumush tangalarning dastlabki tiraji esa 800 donani tashkil etadi. Ularning tiraji bozor ehtiyojidan kelib chiqib oshirilishi mumkin.

Esdalik tangalari Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yillik tarixini milliy davlatchilik, tarixiy xotira va zamonaviy taraqqiyot gʻoyalari uygʻunligida aks ettiradi. Kolleksiya milliy tarix va madaniyatga qiziquvchilar, shuningdek, mustaqillik tarixini oʻzida mujassam etgan noyob esdalik buyumlarini qadrlovchilar uchun moʻljallangan.

Esdalik tangalari 27-avgustdan boshlab 690ta tijorat banklari filiallarida sotuvga chiqariladi. Sotuv narxlari va banklardagi mavjudlik boʻyicha yangilangan maʻlumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti har kuni eʻlon qilib boriladi.

pdf 62.0 КБ
"Mustaqillikning 35 yilligi" esdalik tangalari qoldiqlari bo'yicha ma'lumot (28.08.2026 holatiga ko'ra)
USD = 11820.48
+19.25
EUR = 13766.13
+28.32
RUB = 137.51
+0.78
GBP = 16059.30
+34.41
JPY = 74.04
+0.02
CHF = 14703.92
+49.47
CNY = 1758.76
+2.76
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X