Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalari tahliliy sharhini e’lon qildi

Yangilangan sana: 14 Avg 2026, 10:58
14 Avg 2026

2026-yilning yanvar-iyun oylarida chet eldan O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga (1,1 mlrd dollarga) ko‘payib, 9,3 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘sishga mehnat muhojirlari ishlaydigan an’anaviy mamlakatlarda ishchi kuchiga talab
va ish haqlarining yuqori darajada saqlanib qolishi, shuningdek milliy valyuta kurslarining umumiy mustahkamlanishi ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, pul o‘tkazmalari hajmi
Buyuk Britaniyadan 62 foizga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 27 foizga hamda AQSHdan 19 foizga oshdi. Bu tashqi mehnat migratsiyasi geografiyasidagi diversifikatsiya jarayonlarining davom etayotganidan dalolat beradi.

Kelib tushgan mablag‘larning 51,7 foizi (4,8 mlrd dollar) xorijdan bank kartalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri P2P o‘tkazmalar orqali amalga oshirildi va bu yo‘nalish 32 foizga o‘sdi. An’anaviy xalqaro pul o‘tkazma tizimlari orqali 46,7 foizi (4,3 mlrd dollar), SWIFT bank o‘tkazmalari orqali 1,6 foizi (142 mln dollar) kelib tushdi.

Hisobot davrida O‘zbekistondan chet elga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 8 foizga
(100 mln dollarga) ortib, 1,3 mlrd dollarni tashkil qildi.

Valyuta ayirboshlash sohasida ham sezilarli faollik kuzatildi. Banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalari aylanmasining umumiy hajmi 31 foizga (4,5 mlrd dollarga) ko‘payib, 19,1 mlrd dollarga yetdi. Banklar tomonidan jismoniy shaxslardan 12,3 mlrd dollar miqdorida valyuta xarid qilindi (35 foizga o‘sish), aholiga esa 6,8 mlrd dollar sotildi (26 foizga o‘sish).

Operatsiyalarning 59 foizi valyuta ayirboshlash shoxobchalari, 39 foizi masofaviy (onlayn) xizmatlar va qolgan qismi 24/7 rejimda ishlovchi bankomatlar orqali amalga oshirildi.

Jismoniy shaxslar segmentida shakllangan sof valyuta taklifining jami ayirboshlash aylanmasiga nisbati 2025-yildagi 26 foizdan 2026-yilda 29 foizga oshdi. Bu aholi operatsiyalarining ichki valyuta bozorida sof taklifni shakllantirishdagi roli ortganini tasdiqlaydi.

To'liq sharh bilan quyidagi havola orqali tanishing.

USD = 11857.35
-33.83
EUR = 13746.23
-7.11
RUB = 139.32
-2.51
GBP = 16075.01
-20.89
JPY = 74.46
-0.27
CHF = 14640.51
-3.8
CNY = 1759.41
-4.52
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X