Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning yetakchi moliyaviy va texnologik markaziga aylanish sari jadal harakat qilmoqda

Yangilangan sana: 24 Avg 2026, 16:29
24 Avg 2026

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va GFTN Toshkent shahrida 74 davlatdan 6 mingdan ziyod ishtirokchini birlashtirgan yirik xalqaro tadbirga mezbonlik qilmoqda. Forumdan koʻzlangan asosiy maqsad — Markaziy Osiyoda global kapital oqimlarini jalb etish, islomiy moliyani rivojlantirish, transchegaraviy moliyaviy aloqalarni mustahkamlash hamda moliyaviy innovatsiyalarni kengaytirishdan iborat.
Toshkent, Oʻzbekiston, 2026-yil 24-avgust – O‘zbekiston tartibga solish sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, islomiy bank faoliyatining huquqiy asoslarini rivojlantirish hamda raqamli moliya xizmatlarini kengaytirish orqali global kapital oqimlarini jalb etish va xalqaro moliyaviy aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda. Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning moliyaviy taraqqiyotida yangi bosqichni global kun tartibiga olib chiquvchi ushbu forumni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Timur Ishmetov ochib berishdi. Bu jarayon mamlakatning Markaziy Osiyoda yetakchi moliya va texnologiyalar markaziga aylanishi uchun muhim zamin yaratmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda bosh qarorgohi Singapurda joylashgan Global moliya va texnologiyalar tarmogʻi (GFTN) tomonidan tashkil etilgan hamda “Ant International” hamkorligida oʻtkazilayotgan The Silk Road Finance & Technology Forum 2026 bugun oʻz ishini boshladi. Unda 74 ta davlatdan 6 000 dan ortiq ishtirokchilar roʻyxatdan oʻtib, qariyb 200 nafar spiker hamda 4 milliard dollarlik aktivlarga ega boʻlgan 25 dan ortiq investorlar ishtirok etishmoqda.

Mazkur forum islohotlar samarasi natijasida investitsiya kiritish uchun talabgir bozorlarga aylantirish, islom kapitali uchun yangi ufqlarni ochish, oʻzaro moslashuvchan transchegaraviy moliyaviy tarmoqlarni yaratish hamda uzoq muddatli sarmoyalarni jalb qilishga qaratilgan. Shuningdek, sunʻiy intellekt, tokenizatsiya va raqamli aktivlar ularni qoʻllab-quvvatlovchi boshqaruv, kiberxavfsizlik va tartibga solish ishonchliligi bilan birgalikda qanday qilib masshtablanishi mumkinligi muhokama qilinadi.

Oʻzbekistonning islohotlar yoʻlidagi jadal qadamlari global kapital uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda
“Oʻzbekiston investitsiyalar, texnologiyalar, ilgʻor tajriba va uzoq muddatli hamkorlik uchun ochiq. Mintaqaviy moliyaviy integratsiyani hech bir mamlakat yolgʻiz oʻzi taʼminlay olmaydi. Shu bois hamkorlarimizni Markaziy Osiyo va undan tashqaridagi bozorlarni oʻzaro bogʻlash imkonini beruvchi infratuzilma va standartlarni birgalikda ishlab chiqish hamda rivojlantirishga chorlaymiz. Bu yerda bunyod eting. Yangi yechimlarni shu yerda sinovdan oʻtkazing. Bu yerga sarmoya kiriting. Isteʼdodli mutaxassislarni shu yerda yetishtiring. Toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan sheriklik munosabatlari Markaziy Osiyoni oʻzaro bogʻlangan, raqobatbardosh va xalqaro miqyosda yanada integratsiyalashgan moliyaviy mintaqaga aylantirishi mumkin”, — dedi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Timur Ishmetov.

“Oʻzbekiston ushbu imkoniyatni juda erta payqadi. Kuchli siyosiy iroda va dadil tartibga solish islohotlariga tayangan holda mamlakat Markaziy Osiyoning raqamli moliya darvozasiga aylanish uchun zarur institutlar va infratuzilmani barpo etmoqda. Forum kelgusi oʻn yilliklar davomida ushbu koridorni shakllantiruvchi sheriklik munosabatlari, tartibga solish sohasidagi hamkorlik va sarmoyaviy yoʻnalishlarni yaratishni maqsad qilgan”, – dedi Global Finance & Technology Network guruhi bosh direktori Sopnendu Mohanty.

Markaziy Osiyo uchun yangi moliyaviy arxitektura
Forum mintaqaning moliyaviy rivojlanishining keyingi bosqichi uchun yetti ustuvor yoʻnalishni diqqat markaziga qoʻyadi:
· Tartibga solish jarayonlarini barqaror ichki va xalqaro kapitalga aylantirish orqali islohotlarni sarmoya kiritish uchun talabgir bozorlarga aylantirish.
· Islom moliyasi orqali Markaziy Osiyoni Ko‘rfaz davlatlari, Turkiya, Janubiy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo bilan bog‘lovchi moliyaviy ko‘prik sifatida mustahkamlash.
· O‘zaro moslashuvchan to‘lovlar, raqamli identifikatsiya, ochiq API’lar, tokenizatsiya va raqamli pul yordamida eskirgan moliyaviy infratuzilmani modernizatsiya qilish.
· Pul o‘tkazmalari va hisob-kitoblar xarajatlari hamda byurokratik to‘siqlarni kamaytirish maqsadida transchegaraviy to‘lovlarni o‘zaro bog‘lash.
· Korporativ boshqaruvni takomillashtirish, likvidlik va bozor hajmini oshirish, shuningdek, investitsiyadan chiqish mexanizmlarini rivojlantirish orqali investorlar qiziqishini uzoq muddatli kapitalga aylantirish.
· Bozorlar o‘rtasidagi pul, kapital va ma’lumotlar harakatini kengaytirish uchun moliyaviy Ipak Yo‘lini barpo etish.
· Ishonchni ta’minlagan holda sun’iy intellekt va raqamli aktivlarning rivojlanishi sharoitida kuchliroq boshqaruv, kiberxavfsizlik va aniq tartibga solish mexanizmlarini inobatga olib, innovatsiyalarni kengaytirish.

Yangi islomiy bank to‘g‘isidagi qonun O‘zbekiston uchun 6 trillion AQSh dollarlik global islom moliya bozoriga yo‘l ochmoqda
O‘zbekistonda 2026-yil iyun oyidan kuchga kirgan yangi islomiy bank to‘g‘risidagi qonun mamlakatda shariat talablariga muvofiq bank xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi ilk huquqiy bazani yaratadi va global islom kapitali uchun yangi salohiyatli yo‘nalishni ochib beradi. Dunyo bo‘ylab islom moliya aktivlari 6 trillion AQSh dollariga yaqinlashayotgan bir paytda, O‘zbekiston Markaziy Osiyoni Ko‘rfaz davlatlari, Turkiya, Janubiy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlari bilan bog‘lash imkoniyatiga ega. Forumning 26-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan “The Azimuth” yakuniy dasturi islomiy moliyani keng miqyosda rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan xalqaro standartlar, Shariat boshqaruvi, likvidlik, raqamli infratuzilma va transchegaraviy kapital masalalariga bag‘ishlanadi.
Mintaqani global bozorlar bilan bog‘lash: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo tezroq va arzonroq transchegaraviy to‘lovlarga o‘tishni maqsad qilmoqda
Markaziy Osiyoning nisbatan yangi moliyaviy infratuzilmasi eskirgan tizimlarni takrorlash o‘rniga, o‘zaro integratsiyalashgan moliyaviy infratuzilmani barpo etish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda. O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar uchun navbatdagi ustuvor yo‘nalish – bu transchegaraviy aloqalarni rivojlantirish bo‘lib, u pul o‘tkazmalari xarajatlarini kamaytirish, hisob-kitoblarni tezlashtirish hamda milliy moliyaviy tizimlarni o‘zaro bog‘lovchi infratuzilmani qamrab oladi. Moliyaviy Ipak yo‘lining tub maqsadiga erishish faqat texnologiyaning o‘zigagina tayanib qolmaydi. Yangi moliyaviy infratuzilmaning transchegaraviy miqyosda masshtablanishi va samarali ishlashi barqaror va oldindan prognoz qilinadigan tartiblovchi muhiti, chuqur va rivojlangan moliya bozorlari, institutsional kapital, kiberxavfsizlik hamda ishonchli boshqaruv tizimiga bog‘liq.

  THE SILK ROAD FINANCE AND TECHNOLOGY FORUMI HAQIDA
Ilk bor o‘tkazilayotgan The Silk Road Finance and Technology Forumi 2026-yil 24–26-avgust kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Global Finance and Technology Network (GFTN) hamkorligida o‘tkazilmoqda. Forum Markaziy Osiyoning kelgusidagi moliyaviy koridorini beshta strategik yo‘nalish – raqamli to‘lovlar va infratuzilma, islom moliyasi va yangi koridorlar, sun’iy intellekt va rivojlanib borayotgan texnologiyalar, tokenizatsiya va raqamli aktivlar, shuningdek, transchegaraviy moliya va tartibga solish kabi yo‘nalishlar asosida shakllantirish maqsadida siyosatchilar, regulyatorlar, investorlar va asoschilarni o‘zaro bog‘laydi. LinkedIn: linkedin.com/company/119613917 Veb-sayt: silkroadfinancetechnologyforum.com

GLOBAL MOLIYA VA TEXNOLOGIYALAR TARMOG‘I (GFTN) HAQIDA
Global moliya va texnologiyalar tarmog‘i (GFTN) 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Singapur shahrida joylashgan notijorat tashkilot hisoblanadi. Tokio, Berlin va Hindistonda o‘z vakolatxonalariga ega GFTN’ning asosiy vazifasi chidamli, samarali va keng qamrovli moliyaviy tizimlarni barpo etish yo‘lida siyosat, kapital va texnologiyani o‘zaro bog‘lashdan iborat. GFTN Services besh qit’ada global forumlar o‘tkazib, 130 dan ortiq mamlakatlardan kelgan innovatorlar, tadbirkorlar, investorlar va siyosatchilarni birlashtiradi. Shuningdek, u hukumatlarga moliyaviy texnologiyalar innovatsiyasi, inklyuzivlik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan siyosiy maslahatlar beradi. GFTN Capital esa dunyo bo‘ylab o‘sish bosqichidagi fintech loyihalariga sarmoya kirituvchi venchur kapital firmasidir. Batafsil ma’lumot uchun, iltimos, www.gftn.co. veb-saytiga tashrif buyuring.

USD = 11818.07
-35.48
EUR = 13788.14
-81.7
RUB = 141.69
-0.17
GBP = 16118.67
-70.91
JPY = 74.30
-0.4
CHF = 14733.91
-94.15
CNY = 1757.91
-5.85
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X