Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Islomiy moliya bo‘yicha xalqaro ta’lim va sertifikatlash imkoniyatlari muhokama qilindi

Yangilangan sana: 3 Sen 2026, 16:20
3 Sen 2026

Bugungi kunda mamlakatimizda islomiy moliya va islomiy bank faoliyatini rivojlantirish uchun institutsional asoslarni joriy etishga ehtiyoj yuzaga kelmoqda. Bunda Islomiy moliya xizmatlari va mahsulotlarini amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etishda professional salohiyatga ega kadrlar ham muhim o‘rin tutadi.

Ayni masalalar Silk Road Finance & Technology Forum 2026 doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Islomiy banklar va moliya institutlari Bosh kengashi (CIBAFI) vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda Markaziy bank tomonidan xalqaro tajriba va standartlarga tayangan holda, islomiy moliya standartlariga muvofiq bo‘lgan milliy ekotizimni shakllantirish bo‘yicha yondashuvlar haqida fikrlar almashildi.

CIBAFI bosh kotibi islomiy moliya sohasi uchun professional ta’lim, sertifikatlash va malaka oshirish yo‘nalishlaridagi tajribasi bilan bo‘lishishga tayyor ekanligini bildirdi. O‘z navbatida, yurtimiz bozori ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini tashkil etish, jumladan, islomiy moliyaviy shartnomalar va soha mutaxassislarining professional salohiyatini oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zarur ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida muloqotni davom ettirish va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil ko‘rib chiqishga kelishib olindi.

USD = 11813.21
+23.88
EUR = 13719.86
+17.12
RUB = 136.71
+0.23
GBP = 16000.99
+46.49
JPY = 76.57
+0.38
CHF = 14555.46
-15.46
CNY = 1760.38
+3.66
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X