Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Bank nazorati qo‘mitasi 2026 yilning avgust oyida 34 ta masalani ko‘rib chiqdi

Yangilangan sana: 10 Sen 2026, 10:41
10 Sen 2026

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan
2026 yilning avgust oyida o‘tkazilgan yig‘ilishlar (jami 7 marta) davomida 34 ta masala ko‘rib chiqildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida jami
21 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (9 ta), mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish va to‘lov tashkilotiga lisenziya berish (3 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (3 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (5 ta) bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 13 ta masala ko‘rib chiqildi. Xususan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablariga rioya etilishi, bank va nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari, tashkilotlarning moliyaviy xizmatlarini “tartibga solish qumdoni” doirasida sinovdan o‘tkazish hamda bank filiallari va bo‘linmalarida o‘tkazilgan  nazorat tadbirlari masalalari muhokama qilindi.
Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritmaganligi, shuningdek inspeksiya tekshiruvlari va “sirli mijoz” nazorat tadbirlarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun  22 ta bank va 3 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

USD = 11797.92
-15.29
EUR = 13739.86
+20
RUB = 138.00
+1.29
GBP = 15999.16
-1.83
JPY = 76.99
+0.42
CHF = 14605.00
+49.54
CNY = 1758.84
-1.54
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X