Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank va Gonkong Moliyaviy xizmatlar va g‘aznachilik byurosi o‘rtasida qimmatbaho metallar bozori sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Yangilangan sana: 11 Sen 2026, 10:25
11 Sen 2026

2026-yil 9-sentabr kuni Gonkongda o‘tkazilgan “Belt and Road Summit 2026” xalqaro sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Gonkong Moliyaviy xizmatlar va g‘aznachilik byurosi (Financial Services and the Treasury Bureau — FSTB) o‘rtasida oltin va boshqa qimmatbaho metallar bozori sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi o‘rinbosari Abror Mirzo Olimov hamda Gonkongning moliyaviy xizmatlar va g‘aznachilik bo‘yicha kotibi Christopher Hui tomonidan imzolandi.

Memorandum tomonlar o‘rtasida qimmatbaho metallar bozori bo‘yicha institutsional hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajriba va bilim almashish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi zamonaviy moliyaviy infratuzilma imkoniyatlarini o‘rganish uchun muhim asos yaratadi.

Xususan, memorandum doirasida oltin va boshqa qimmatbaho metallar bozori hamda unga xizmat ko‘rsatuvchi moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish, kliring va hisob-kitob mexanizmlarini o‘rganish, shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish nazarda tutilgan.

USD = 11783.47
-14.45
EUR = 13688.86
-51
RUB = 139.70
+1.7
GBP = 15941.86
-57.3
JPY = 76.44
-0.55
CHF = 14515.24
-89.76
CNY = 1757.07
-1.77
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X