Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

46-BUTUNJAHON SHAXMAT OLIMPIADASIGA BAG‘ISHLANGAN ESDALIK TANGALARI

Yangilangan sana: 23 Sen 2026, 15:15
23 Sen 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand shahrida o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi.

Samarqand mezbonlik qiladigan nufuzli shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalari tarix, milliy me’morchilik va shaxmat tafakkurini yagona badiiy kompozitsiyada birlashtiradi.

“Ikki tanga — bir Registon” konsepsiyasi asosida yaratilgan tangalar yonma-yon qo‘yilganda Registon maydoni peshtoqining yaxlit tasvirini hosil qiladi. Nafis milliy naqshlar va shaxmat donalari esa xalqimizning birdamligi, zakovati va bunyodkorlik salohiyatini ifodalaydi.

Tangalarning aversida Samarqand shahridagi Tillakori madrasasining meʻmoriy elementlari tasvirlangan boʻlib, kompozitsiya shaxmat donalari bilan boyitilgan. Unda meʻmoriy shakllar bilan uygʻunlashgan shaxmat donalari silueti va geometrik naqshlar aks etgan. Mazkur elementlar strategik tafakkur, intellektual yetakchilik, jamoaviy birlik hamda sharqona meʻmoriy meros gʻoyalarini ifodalaydi. Shuningdek, oltin tanganing aversida “46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi Samarqand-2026”, kumush tanganing aversida esa “46th Fide Chess Olympiad Samarkand-2026” yozuvlari joylashtirilgan.

Tangalarning revers tarafida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) logotipi markaziy element sifatida aks ettirilgan. Shuningdek, oltin tangada “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki”, kumush tangada esa “Central Bank of the Republic of Uzbekistan” yozuvlari hamda nominal qiymati ko‘rsatilgan.

Esdalik tangalari 999,9 asillikdagi oltin (Au) va kumushdan (Ag) zarb etiladi. Har bir tanganing og‘irligi 31,1 gramm, nominal qiymati esa 100 000 so‘mni tashkil etadi.

                   Tangalar dastlab 100 dona oltin va 500 dona kumush nusxada chiqariladi. Bozor talabi va kolleksionerlar qiziqishidan kelib chiqib, tangalar tiraji bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan ushbu esdalik tangalari Samarqandning betakror me’moriy merosi va shaxmatning umumbashariy intellektual qadriyatlarini bir kompozitsiyada mujassam etadi. Tangalar xalqaro shaxmat bayramining numizmatik timsoli sifatida tarix, madaniyat va shaxmatga qiziquvchilar, shuningdek, noyob esdalik va kolleksion buyumlarni qadrlovchilar uchun mo‘ljallangan.

USD = 11802.19
-7.63
EUR = 13527.67
-41.81
RUB = 139.87
-0.81
GBP = 15768.91
-51.52
JPY = 75.09
-0.03
CHF = 14403.45
+22.28
CNY = 1761.49
-2.38
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X