Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Chorvachilik faoliyati va sohani moliyalashtirish: tadbirkorlarning masala va takliflari muhokama qilindi

Yangilangan sana: 8 Okt 2026, 22:25
8 Okt 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamkorligida chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad soha vakillarining bank xizmatlari, kreditlash va moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalarini bevosita o‘rganish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni aniqlash, tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tinglash hamda ularning yechimlarini manfaatdor tomonlar ishtirokida muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Ochiq muloqotda Markaziy bank, tijorat banklari, Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi vakillari, shuningdek, hududlarda chorvachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan qariyb 400 ga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.

Muloqot davomida tadbirkorlarning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlari, kreditlash shartlari, bank xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar hamda sohani moliyalashtirish bilan bog‘liq takliflar muhokama qilindi.

Xususan, chorvachilik loyihalarini moliyalashtirish, kredit olish uchun talab etiladigan hujjatlarni soddalashtirish, kredit arizalarini ko‘rib chiqish muddatlari, garov ta’minoti, xorijiy kredit liniyalari doirasidagi talablar, shuningdek, banklarning loyihalarni moliyalashtirish jarayonida tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatishi bilan bog‘liq murojaat va takliflar bildirildi.

Ayniqsa, sohaning mavsumiy xususiyatlarini hisobga olganda chorvachilik loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish muddatini qisqartirish, kredit arizalarini ko‘rib chiqish bosqichlarini samarali nazorat qilish, mavjud to‘siqlarni o‘z vaqtida aniqlash va tadbirkor bilan doimiy aloqani ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Markaziy bank va tijorat banklari vakillari ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berdi. Jumladan, chorvachilik loyihalarini moliyalashtirishda talab etiladigan hujjatlarni soddalashtirish, ekologik ekspertiza bilan bog‘liq jarayonlarni tezlashtirish hamda muqobil moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, sohaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, chorvachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun alohida bank mahsulotini ishlab chiqish taklif etildi.

Muloqotda banklarning tadbirkorlar bilan ishlash yondashuviga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, banklarning vazifasi faqat hujjat va garov ta’minotini talab qilish bilan cheklanmasligi, balki loyihani moliyalashtirish jarayonida tadbirkorga amaliy hamrohlik qilish, zarur hujjatlar va moliyalashtirish shartlarini tushuntirish, zarur hollarda loyihani joyiga chiqib o‘rganish amaliyotini kuchaytirish lozimligi bildirildi.

Uchrashuv davomida jami 50 dan ortiq murojaat va taklif bildirildi. Ularning ko‘proq qismiga uchrashuvning o‘zida tegishli tushuntirish va yechimlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa tegishli tijorat banklari va mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

Ochiq muloqot yakunida chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning bank-moliya xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarni tizimli o‘rganish, ko‘tarilgan murojaatlarni manzilli ko‘rib chiqish, bank xizmatlarini soha xususiyatlariga moslashtirish hamda tadbirkorlar bilan bevosita muloqotni davom ettirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot savol-javoblar
Ochiq muloqot Youtube jonli efiri

USD = 11846.57
+37.38
EUR = 13240.91
+34.69
RUB = 138.95
+0.8
GBP = 15631.55
+29.25
JPY = 74.85
+0.2
CHF = 14209.63
+24.42
CNY = 1767.54
+6.18
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X