Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Moliyaviy xizmatlarda komissiyalar: xarajatlar, raqobat va iste’molchi manfaatlari

Yangilangan sana: 15 Okt 2026, 21:52
15 Okt 2026

Markaziy bankda “Moliyaviy xizmatlarda komissiyalar: xarajatlar, raqobat va iste’molchi manfaatlari” mavzusida banklar, to‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlari, biznes, OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida fuqarolarning o‘z bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari, kartalarni naqd pul bilan to‘ldirish hamda bank mijozlarining to‘lov xizmatlaridan foydalanishi bilan bog‘liq xarajatlar yuzasidan mavjud amaliyot, turli yondashuvlar, xalqaro tajriba, shuningdek, ehtimoliy yechimlar va takliflar muhokama qilindi.

Mamlakatimizda to‘lov infratuzilmasi izchil kengayib bormoqda. Bugungi kunda 79 milliondan ortiq bank kartasi, 459 mingdan ziyod to‘lov terminali, 47 mingdan ortiq bankomat va infokiosk mavjud. Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida terminallar orqali tushumlar qariyb 518 trillion so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar to‘lov xizmatlariga talab ortib borayotganini va infratuzilmani muntazam rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.

Davra suhbati davomida to‘lov tizimlari, banklar va to‘lov tashkilotlari vakillari o‘z faoliyati, xizmat ko‘rsatish mexanizmlari, to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tizimni yanada takomillashtirishga yo‘naltirilayotgan qo‘shimcha investitsiyalar haqida ma’lumot berdi.Shu bilan birga, OAV va jamoatchilik vakillari ham o‘z fikr-mulohazalari, savollari va takliflarini bildirib, muhokamalarda faol ishtirok etdi.

Davra suhbati yakunida bildirilgan takliflarni batafsil o‘rganish, mahalliy va xalqaro tajribani tahlil qilish hamda mazkur masalalar yuzasidan fikr almashishni davom ettirish maqsadida ekspertlar, banklar, to‘lov tashkilotlari, OAV vakillari va tadqiqotchilar ishtirokida ishchi guruh tashkil etilishi belgilandi.Mazkur yo‘nalishdagi muloqot davom ettiriladi.

USD = 12011.65
+48.49
EUR = 13462.66
+72.3
RUB = 143.17
+0.84
GBP = 15911.83
+41.5
JPY = 76.05
+0.55
CHF = 14466.64
+108.55
CNY = 1795.17
+7.7
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X