Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi

Yangilangan sana: 5 Dek 2022, 13:08

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentabr, O‘RQ-445-sonli "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuniga asosan:

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi

Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin.

Markaziy bankning rasmiy elektron pochta manziliga kelgan murojaatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning virtual qabulxonasi, orqali kelgan murojaatlar elektron murojjatlar shaklida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olingan murojaatlar qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilmasa, kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilsa, murojaatlar kelib tushgan kundan boshlab 1 oygacha ko‘rib chiqilishi mumkin.

Murojjatlarning ko‘rib chiqilishi natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga yozma yoki elektron shaklda ma’lumot beriladi.

Bundan tashqari, shikoyat va takliflarni Markaziy bankda tashkil etilgan yagona ishonch telefoni (71) 200-00-44.

Markaziy bankning "ishonch telefon"iga kelib tushgan murojaatlar og‘zaki murojjatlar sifatida ko‘rib chiqiladi.

pdf 194.2 КБ
Ariza, taklif va shikoyatlarni qabul qilish tartibi haqida ma’lumot (Ma’lumot)

pdf 333.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi


USD = 12774.34
-10.63
EUR = 13848.66
+17.88
RUB = 132.17
+0.72
GBP = 16607.92
+13.03
JPY = 83.46
+0.12
CHF = 14737.36
-25.88
CNY = 1793.22
+1.93
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X