Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumot

Yangilangan sana: 8 Avg 2019, 09:06
18 Iyun 2019

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisob varaqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

O'zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari

mln.AQSH dollarida

01.01.2019

01.04.2019

01.05.2019

01.06.2019

26 394,1

26 996,5

25 926,9

25 837,3



USD = 11993.53
+40.8
EUR = 14054.02
+32.27
RUB = 158.52
-0.96
GBP = 16262.03
+13.49
JPY = 76.41
+0.07
CHF = 15313.50
+20.86
CNY = 1755.93
+5.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X