Metodologik izohlar
Yangilangan sana: 5 Okt 2026, 10:32
Iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari
XVJning Pul-kredit va moliyaviy statistika qoʻllanmasi (MFSMCG 2016) metodologiyasiga koʻra, iqtisodiyotga kredit qoʻyilmalari qoldigʻi bank tiziminining iqtisodiyot real sektoriga boʻlgan qarzlar va ularga hisoblangan foizlar, qarz qimmatli qogʻozlari, kapital instrumentlari hamda savdo kreditlari va boʻnaklar kabi moliyaviy talablar qoldigʻini qamrab oladi.










