Moliya bozorini tahlil qilish boshqarmasi Iqtisodchi
Yangilangan sana: 22 Iyul 2026, 16:25
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Moliya bozori holati boʻyicha olib boriladigan tahlil va tadqiqotlarda ishtirok etish; moliya bozori holatini, undagi tendensiyalar va tarkibiy oʻzgarishlarni makroiqtisodiy hamda moliyaviy koʻrsatkichlar asosida tahlil qilish, bozor rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash.
- Zamonaviy moliyaviy instrumentlar (raqamli valyutalar, kriptoaktivlar, barqaror tokenlar) rivojlanish tendensiyalarini oʻrganib borish, ularning moliya bozori rivojlanishiga taʼsirini baholash.
- Moliya bozori rivojlanishiga oid milliy va xalqaro tajribani oʻrganish, ilgʻor amaliyotlarni tahlil qilish hamda ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy iqtisodiy ma'lumot
- Rus va ingliz tillari B2 darajasida
- Moliya sohasidagi sertifikatlar (ACCA, CFA) hamda dasturlash savodxonligi ma’qullanadi
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










