Pul bozoridagi operatsiyalar boshqarmasi Iqtisodchi
Yangilangan sana: 22 Iyul 2026, 16:25
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Boshqarma faoliyatiga tegishli bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirish, dasturiy ta’minotdan oqilona foydalanish, amaldagi operatsiyalarni takomillashtirish va xorijiy tajribadan kelib chiqib yangi instrumentlarni joriy qilish.
- Tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni bank tizimiga va pul massasiga ta‘sirini o‘rganish, banklar kesimida operatsiyalar bo‘yicha xatarlilik darajasini aniqlash.
- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki meʼyoriy hujjatlari loyihalarini, shuningdek amaldagi meʼyoriy hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy iqtisodiy ma'lumot
- Rus va ingliz tillari B2 darajasida
- Moliya sohasidagi sertifikatlar (ACCA, CFA) hamda dasturlash savodxonligi ma’qullanadi
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










