Moliya bozorini tahlil qilish boshqarmasi Katta iqtisodchi
Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 21:52
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumot (bank, moliya, iqtisodiyot)
- Bank-moliya sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi
- Moliya sohasidagi sertifikatlar (ACCA, FRM, CFA) hamda dasturlash savodxonligi ma’qullanadi
- Rus va ingliz tillari B2 darajasida
Ish vazifalari
- Moliya bozori holati bo‘yicha olib boriladigan tahlil va tadqiqotlarda ishtirok etish. Moliya bozori holatini, undagi tendensiyalar va tarkibiy o‘zgarishlarni makroiqtisodiy hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilish, bozor rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash.
- Ichki valyuta bozorida talab va taklif omillari va almashuv kursi dinamikasiga ta’sirini baholash bo‘yicha tahlillarni amalga oshirish hamda xalqaro moliya bozorlaridagi tendensiyalarning ichki bozorlarga ta’sirini baholashda ishtirok etish.
- Boshqarma faoliyatiga oid tahliliy materiallar va sharhlarni nashr etishda ishtirok etish.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










