Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari
Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 21:53
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumot (Bank ishi, moliya yoki iqtisodiyot)
- Bank-moliya sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi
- Rus va ingliz tillari B2 darajasida
Ish vazifalari
- Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif o‘zgarishlari hamda tendensiyalarini, valyuta kursi keskin tebranishini oldini olish maqsadida Markaziy bank nomidan Valyuta birjasida valyuta intervensiyalarini amalga oshiradi hamda ichki valyuta bozorida o‘tkazilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini (bitimlarni) tahlil qilish va umumlashtirilgan kunlik ma’lumotlarni departament rahbariyatiga taqdim etilishini ta’minlash;
- Ichki valyuta bozorida amalga oshirilgan operatsiyalar hamda almashuv kursi tendensiyalari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilib borishda ishtirok etish;
- O‘zbekiston respublika valyuta birjasining savdo platformasida banklar o‘rtasida amalga oshiriladigan fyuchers hamda banklar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida amalga oshiriladigan forvard va svop derivativ instrumentlari bilan oldi-sotdi operatsiyalari monitoringini yuritish.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










