Xaridlar boshqarmasi Yetakchi mutaxassis
Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 21:51
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Menejment, iqtisodiyot, bank yoki moliya yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishi; Biznes boshqaruvi (MBA) darajasiga ega boʻlish nomzodga ustunlik beradi.
- Menejment, iqtisodiyot, bank yoki moliya yoʻnalishlari boʻyicha sohada kamida 3 yillik ish tajribasi; Davlat xaridlariga oid hujjatlar bilan ishlash va personal maʼlumotlarini yuritish boʻyicha amaliy tajriba.
- Rus tili B1 darajasida, ingliz tili A2 darajasida
Ish vazifalari
- Barcha departamentlardan xarid ehtiyojlarini yigʻish, ehtiyojlarni kodlash va klassifikatsiya qilish (tovar/ish/xizmat), yillik va choraklik xarid rejasi loyihasini tayyorlash, reja va budjet mosligini tekshirish, rejadan tashqari tushgan arizalarni alohida hisobga olish, Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari va xodimlaridan xaridga oid masalalar boʻyicha zarur hujjatlar hamda maʼlumotlarni soʻrash, taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan yoki talablarga javob bermagan holatlarda ularni qayta ishlash uchun qaytarish.
- Tegishli tizimlarga maʼlumot kiritish, yangilash va oʻz vakolati doirasida foydalanish, elektron hujjat aylanishi tizimi orqali hujjatlarni kelishish va yuborish.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










