Xaridlar boshqarmasi Katta mutaxassis
Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 21:51
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Menejment, iqtisodiyot, bank yoki moliya yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishi; Biznes boshqaruvi (MBA) darajasiga ega boʻlish nomzodga ustunlik beradi.
- Menejment, iqtisodiyot, bank yoki moliya yoʻnalishlari boʻyicha sohada kamida 4 yillik ish staji; Davlat xaridlariga oid hujjatlar bilan ishlash va personal maʼlumotlarini yuritish boʻyicha amaliy tajriba;
- Rus va ingliz tillari B1 darajasida
Ish vazifalari
- Barcha departamentlarning ehtiyojlari asosida yillik xaridlar rejasini shakllantirish. Rejadan tashqari xaridlarni cheklash va ularni asoslash tizimini joriy etish.
- Shartnomaning boshlang‘ich (eng yuqori) narxini hisoblash metodologiyasini tasdiqlash.
- Barcha tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni yig‘ish hamda xizmat boshlig‘iga taqdim etish.
- Biriktirilgan yo‘nalish bo‘yicha kunlik ish rejasini tuzish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash.
- Xarid hujjatlarini belgilangan muddatlarda tayyorlash va ijroga yo‘naltirish.
- Hujjatlarni kelishish uchun manfaatdor tarkibiy bo‘linmalarga yuborish va jarayonni muofiqlashtirish.
- Xarid tizimlari, elektron hujjat aylanishi va ichki platformalarda ish jarayonlarini yuritish.
- Shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari, buyruqlar va boshqa hujjatlarning tizimli saqlanishi hamda yuritilishini nazorat
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










