Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, moliyaviy savodxonlik va ommabopligini oshirish sho‘basi bosh mutaxassisi
Yangilangan sana: 22 Iyul 2026, 16:31
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi qaroriga asosan kredit tashkilotlarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari, shu jumladan iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda kredit tashkilotlarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablarga rioya etilishini o‘rganadi;
- Kredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risidagi axborotlarni iste’molchilarga oshkor etilishi va to‘g‘riligi yuzasidan zaruriy choralar ko‘radi, shuningdek, belgilangan tartibda bank muassasalarida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida ishtirok etadi;
- Kredit tashkilotlari faoliyatida aniqlangan qoidabuzarlik holatlarini muhokama qilish yuzasidan Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga yuborish uchun tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
- Iste’molchilarning huquqlari buzilishi holatlari yuzasidan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida kredit tashkilotlariga yuborilgan ko‘rsatmalar ijrosini hudud bo‘yicha nazorat qiladi;
- Sho‘baga kelib tushgan iste’molchilarning huquqlari buzilishiga doir murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
- Zarur hollarda Markaziy bankning boshqa tarkibiy tuzilmalarining mutaxassislarini jalb etgan holda huquqlari buzilgan iste’molchilarning murojaatlarini joyida ko‘rib chiqilishi yuzasidan choralar ko‘radi;
- Markaziy bank vakolatlari doirasidan kelib chiqib, iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashadi va maslahat beradi;
- Kredit tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy xizmatlardan xabardorligi va savodxonlik darajasini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnashadi;
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy iqtisodiy ma'lumot
- Bank tizimida 2 yil ish tajribasi
- Rus tili B1 darajasida
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










